Translation is not possible.

Menimcha Avg'oniston haqida u yerdagi zulmlar haqida gapirgunimizcha o‘zimizga bir qarasak yaxshi bo‘lardi..Oppoq emasmiz demoqchiman bu gapim bilan.Avg'onistonda zulm orqali oilalari, erlari,umuman erkaklar tomonidan jabr ko‘rgan ayollar O‘zbekistondan 2-3 barobar kam bo‘lsa kerak..

Aslida bizga "zulumiston" deb atalish yarasharmikin?!

Qachon to‘xtatamiz ayolga quldek qarashni ey o'zini inson deb sanagan erkak-u ayollar!?Eng achinarlisi ayol ayolni ezib va hatto erkaklardanda ko‘p aziyat beradi,uyat emasmi? Ayol ayolni tushunishi yordam berib doim yonida bo'lishi kerakku. Axir necha yil bo'ldi bizni bu "la'natlangan dunyoyimizda" qulchilik tugatilganiga!?

Meni musulmoncha* qarashlarimda ayol nozik hilqat,sakinat,erkaklar uchun yaratilgan eng yaxshi ne'mat,ayol ona va Ayol madrasadir!

Bu muammoga yechim qidirayotganlar diqqatiga yechim Qur‘on va sunnatda undan boshqasi uydurma na davlati na mediasi va na feminizm bu masalaga, muammoga yechim topib barham bera oladi.

Siz Qur‘on va sunnatni o‘rgansangiz unga amal qilsangiz qo‘l ostidagilaringiz ahlingizga shunga ko‘ra ta‘lim tarbiya bersangiz xonadoningizda zulmdan iborat qoidalar an'analar emas shariat qoidalari ustun bo‘lsa sizu bizdan keyingi avlod biz ko‘rgan zulmni ko‘rmaydi chunki ular zulm ostida katta bo‘lishmagan bo‘ladi.

Kuzatishlarim natijasida aytamanki siz mediada chiqib olib gapirgan gaplaringiz yo bo‘lmasa boshqa safsatabozliklar insonlar uchun o‘rnak emas aksincha ularni g‘iybat,muhokama noshukurlik haqorat va boshqa masiyatlarga yetaklayapti. Hadaa bizda malum bir narsadan oladigan fahmni farosatni o‘zi ham kam!

Dunyoni yarmini ayollar boshqaradi qolgan yarmini ular yetishtirgan farzandlar.

Men o‘zimga vada beramanki mendan dunyoga keladigan avlodlarim qo‘l ostomda tarbiya topadiganlar bu yurtga jamiyatga islom ummatiga muammo emas najot bo‘lishadi Islomga xizmatda zulmga qarshi kurashda peshqadamlardan bo‘lishadi inshaaAlloh.

Shu sabab boshqalarga nasihatgo‘ylikni yeg‘ishtirib o‘zimni islohimni o‘ylayman va nima bo‘lsa bo‘lsin ilm olishdan to‘xtamayman! sizgada xolisona tafsiyam shu.

Allohga omonat bo'ling)

Send as a message
Share on my page
Share in the group