Translation is not possible.

🥳 “Namoz” ilovasi 5 yoshda!

Bundan 5 yil oldin, 2019-yil 15-may kuni Android jihozlari uchun “Namoz” ilovasi Play Marketga chiqarilgan edi.

Ilova orqali siz:

• tahorat qilish, namoz o‘qish, Qur’oni Karimdagi baʼzi suralarning arabcha matni va o‘zbekcha oʻqilishini oʻrganishingiz, audio qiroatini tinglashingiz;

• tahorat va namozga oid eng ko‘p uchraydigan savollarga javob olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun, ushbu ilova iOS va iPad jihozlari uchun App Storega 2019-yil 3-avgustda chiqarilgan. Ilovamiz Play Marketdan 1 million martadan koʻp yuklab olingan.

🌐 Shuningdek, ilovaning vebsahifasi ham bor: namoz.islom.uz

📲 Ilovani Play Market va App Store orqali yuklab olishingiz mumkin: http://e-hilolnashr.uz/namoz.

❓ Ushbu ilova bilan bogʻliq qanday xotiralaringiz bor? Izohda yozib qoldiring. 😊

#yangilik #xushxabar #namoz #5yoshda #dastur #ilova #prayer #app #hiloldasturlari #hilolnashr

Send as a message
Share on my page
Share in the group