Translation is not possible.

#eslatma (9)

"Qilsang, Alloh uchun qilibsan!"

Hozir ko'p oilalarda shu gaplar qulog'imizga chalinadi!

Er-xotin aytishib qolsa va erkak xotiniga qarab: "Shukr qil" desa, ba'zi ayollar yuqoridagi gapni tayyorlab turishadi: "Qilsang, Alloh uchun qilibsan!", yoki "Bu seni vazifang!" deyishadi .

Bu muslima ayol sifati emas. Birinchidan, Alloh taolo oyatda: "Yaxshilikda yordamchi bo'linglar", deydi, ya'ni odamlarni yaxshiligini tan olib, ularni yanada yaxshilikka targ'ib qilish kerak, ularni hafsalasini o'ldirib, "Qilsang, Alloh uchun qil!" deb, betgachoparlik qilinmaydi!

Ikkinchidan Rasululloh sallalohu alayhi va sallam aytdilar: "Odamlarni yaxshiligiga shukr qilmagan – Allohga ham shukr qilmaydi". (Buxoriy Adabul-mufrod) Ya'ni odamlarga qarab: "Qilsang qilibsanda, bu seni vazifang" deydigan odam, ertaga Allohga ham: "Yaratgan bo'lsang yaratibsanda, bu seni ishing" deyishdan toymaydi! Alloh saqlasin!

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group