Translation is not possible.

#asardan

yodimda qolgani..

Mahshar..

Alloh bandalarining amallarini sarhisob qilayotgan payt.

Uning savobu gunohi tarozida teng kelib qoldi. Shunda bir farishta bir qog'oz parchasiga nimanidir yozib, tarozining gunohlari o'lchalnadigan pallasiga qo'ydi. Gunohlar savoblarni bosib ketdi.

Bu uning hayotlik davrida ota onasiga "uf" deganlari yozilgan qog'oz parchasi edi. Alloh uni jahannamga uloqtiringlar deb amr qildi. Farishtalar uni sudrab jahannam tomon olib bordilar. Atrofga qaradi, ortga qaradi.

Alloh taolo farishtalarni to'xtatdi, uni qaytarib dedi "Nega atrofga qarayabsan?". U shunday javob berdi:

- Ya Robbim, to'g'ri men hayotlik davrimda ota-onamga ko'p azob berdim. Hozir ham otam dozaxda. Mening savoblarimni unga ber va u sababli uni u yerdan chiqar. Men qancha do'zaxda qolsam ham mayli, faqat otamni xalos et

- Rost aytding, sen dunyoda ota onangga juda ko'p azob berding. Lekin hozir sen uni qutqarding. Otangni qo'lidan yetakla! Birgalikda jannatga kiring

Send as a message
Share on my page
Share in the group