1 атна Тәрҗемәсе
Татарчага аудару мөмкин түгел.

🎉 “Qurʼon oʻqitish usullari” ilovasini kutib oling!

Har bir musulmon Qurʼoni Karimni barcha qonun-qoidalariga rioya qilgan holda oʻqishga harakat qiladi. Bu esa oʻrganuvchidan oʻziga yarasha ixlos va mehnat talab qiladi.

Qurʼoni Karimni musʼhafdagidek oʻqishni oʻrgangandan keyin uning xulqi bilan xulqlanish, oyati karimalari yordamida doimo Allohning zikrida boʻlish uchun imkon qadar yod olish ham juda muhimdir. Bu yoʻlda yuksak diqqat-eʼtiborli boʻlish, sobitqadamlik kerak boʻladi.

Sizga taqdim qilinayotgan ilova mana shu masalalar borasida sizga yordam beradi degan umiddamiz.

Ilovadagi alifbo, tajvid va tarix boʻlimlari hamda har bir darsdagi audiomatnlar arab harflarini toʻgʻri oʻqishni oʻrganish va Qurʼonni yod olishda yordam beradi. 😊

📖 Ilova Gulobod Qudratulloh qizining “Qurʼon oʻqitish va yodlash usullari” kitobi asosida tayyorlangan.

📲 Ilovani Play Marketdan yuklab olishingiz mumkin. Tez orada iOS qurilmalari uchun ham chiqariladi, inshaalloh.

Havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.hilal.quron_uqitish

Eslatma! Dasturimiz hozircha sinov rejimida ishlab turadi.

#yangilik #hiloldasturlari #quron #hifz #tajvid #tartil

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group