Translation is not possible.

Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh.

" Muhimi quchogʻingda Qurʼon boʻlishi emas balki axloqingda oyat boʻlmogʻidir".

Tahoratni uch oy bahs qilish oʻrniga, masalan, quyidagi mavzularni oʻrgansak boʻlmaydimi? Od qavmi nega halok boʻldi? Samudchi? Bugungi jamiyat Od va Samud jamiyatiga oʻxshaydimi? Bani Isroilda sodir boʻlgan inqiroz nima edi?( Dindagi ) haqiqatlar shakllarga qachon aylanayozdi? Din ilohiy mansublik va ruhiy tozalanish boʻlishi oʻrniga qanday qilib tarixiy mansublikka evrildi?

Bu savollarning hammasini Qur'oniy qissalar manzarasida oʻrgansa boʻlardi. Lekin biz bu jihatni batamom eʼtiborsiz qoldirdik. Ulardan, koinot haqidagi oyatlardan uzoqlashganimiz kabi yiroqlarga ketib qoldik. Shundan aqllar oʻtmaslashdi, fikrlar xiralashdi.

Shayx Muxammad Gʻazzoliy, "Qurʼon bilan qanday muomala qilamiz?" kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group