Translation is not possible.

1917-yilda Iroq hududlaridan biriga kirgan ingliz generali Stenli Mud qoʻy boquvchi choʻpon bilan koʻrishib qoldi.

U choʻponga itlaridan birortasini soʻysa, bir funt sterling bermoqchi ekanini tarjimon orqali bildirdi.

It choʻponning qoʻylarini boʻrilardan himoya qiladigan, unga qoʻy boqishda yordam beradigan va xatarni sezishi bilan ogohlantiradigan juda muhim narsa edi.

Lekin general beradigan pulga mavjud qoʻylarning yarmini sotib olsa boʻlardi.

Choʻpon qoʻylardan birini ushlab qurbon qilishga qaror qildi va generalning oyogʻi ostida boʻgʻizladi.

General bunga koʻnmadi itni soʻyishni buyurdi choʻpon itni soʻydi.

General choʻponga itning terisini shilish badaliga yana bir funt vaʼda qildi. Choʻpon pulni olib, uning aytganini qildi.

General Mud choʻpon itni boʻlaklab tashlasa, yana bir funt bermoqchi boʻldi.

Choʻpon itni mayda-mayda boʻlaklarga boʻldi.

General uchinchi funtni berib, keta boshladi.

Choʻpon sakrab turib:                                                      

– Yana bir funt bersa, boʻlaklarni yeyishga tayyorligini aytdi.

General Mud:

– Men sizlarning tabiatingizni bilmoqchi edim xolos. Bildimki, nafsingizga qul ekansiz! Sen uch funt sterlingga oʻzing uchun eng qadrli boʻlgan doʻstingni boʻgʻizlading, terisini shilding va boʻlaklarga boʻlding. Toʻrtinchi funtga uni yeyishga xam tayyorsan. Men bilishim kerak boʻlgan narsa shu edi – dedi.

Va askarlariga yuzlanib:

– Modomiki, bu yerda bu kabi aql egalari koʻplab uchrar ekan xech narsadan xavotir qilmasangiz ham boʻlaveradi - dedi.

© “Iroq tarixidan ijtimoiy lavhalar”, Doktor Ali Vardiy.

Send as a message
Share on my page
Share in the group