Translation is not possible.

Oilam bilan turgan uyimizni ustozamizga bo’shatib berdik. Qiynalishini istamadim.

O’zimizga uy oxtarib topdim.

Uyning narxini kelishdik, kalitni ham berdi. Bugun narsalarni joylagani borishim, ko'chib olishimiz kerak edi.

Uy egasi: ""Yabanji"ga uy bermayman, kalitimni tashlab ket, senga uy yo’q", -dedi. Men ham MAMNUNIYAT BILAN birgina so’z qo’shib qo’ydim:

“Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ham Madinai Munavvaraga yabanji edilar”.

(Yabanji deb turkchada xorijliklarga aytiladi.)

Uch soat bo’ldi. Asabim buzilib o’tiribman. Alam qilib ketmoqda. Kechagina “olim ekansiz, talaba o’qitar ekansiz, faqat sizga beramiz”, degan kishi yabanjiligim sabab qilgan ishini qarang. Odamga alam qilar ekan. Qattiq alam qilarkan.

Umrimning 20 yili shunday o’tdi. Bilmam yana qanchasi o’tar ekan.

Avval Toshkentda, keyin Hindda, endi esa Istanbulda yabanjilikda yashamoqdaman.

Vatandoshlarimga ilm berishimda meni g’urbatga majbur qilganlardan qiyomat kuni da’vochi bo’laman!!!

Muhammad Odil Hamid

Ustoz va talabalarining haqqiga duo qilib quyingizla BRODARLARIM!!! 🤲

Send as a message
Share on my page
Share in the group