Translation is not possible.

QORA QALB

Nursiz qalbim kabi yuzim ham,

Masiyatlar qilar har kun jalb.

Gunoh yig'ar aytgan so'zim ham,

Shu gunohga botgan qora qalb.

Ko'zim ko'rar, ko'rdir qalb ko'zim,

Sog' ko'zimni xaromga qadab,

Badnazarlik bahor-u yozim,

Qahratonda qotgan qora qalb.

Jismim tetik ruhim nogiron,

Ibodatga yaramas nimjon,

Tinglab orom olguncha Qur'on,

Musiqaga bo'kkan qora qalb.

Keldi nene Shirin, Laylilar,

Bir qulni deb pora-pora qalb.

Arzimadi lekin, maylida,

Xarom deb g'am yutgan qora qalb.

Tavba qilsam qayta-qayta,

Nafsim belafz ayolga o'xshab.

Arosatda yuribdi atay,

Balosiga qolgan qora qalb.

©️Umr Abduqodir

10.03.2024

Send as a message
Share on my page
Share in the group