Translation is not possible.

Nyu-York Times gazetasining yozishicha, Xalqaro Jinoyat Sudi Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni jinoiy javobgarlikka tortish harakatida. Gazeta manbalariga ko‘ra, Netanyaxu juda kuchli panikada ekan. U AQSH Prezidenti Baydenga ham, boshqa liderlarga ham telefon qilgan va o‘zini himoya qilishga uringan.

Nazarimda, muz joyidan ko‘chib boshladi. Hali vaziyat ancha vaqt beqaror bo‘lib qolaveradi. Va yaqin 5-10 yil ichida Falastin davlati paydo bo‘lib qolmaydi. Ayniqsa, 1967 yilgi chegaralardagi Falastin bu yaqin orada tashkil topishi qiyin.

Lekin, Isroilning vaziyati yanada og‘ir. Isroil davlati tog‘ning tepasidan pastga tushib boshladi. Endi u faqat pastlikka qarab yuradi. Falastin esa, albatta tashkil etiladi. Shu asrimizning ikkinchi yarmida yuz beradigan eng katta va qiziq hodisalardan biri – Falastin bo‘ladi. Boshqa variantning o‘zi yo‘q.

©️Kamoliddin Rabbimov

Inshaalloh...

Send as a message
Share on my page
Share in the group