Translation is not possible.

Avvalo, men ro'mol o'ramaganlarni yomon demayman. Ularning orasida ham oqila-farosatlilari anchagina.

Odamlarning tablari har xil bo'ladi, ruschasiga aytganda "вкус"lari turlicha. Keyin uzoqni ko'zlash, oliy himmatlilik degan narsalar bor. Undan so'ngra esa, turli odamlarning turli maslahatlarini qabul qilish ham bor.

Men o'zimning ko'nglim xohishi, tabim, oliy maqsadlarim va ulamolarimiz ko'rsatmalariga tayangan holda shu tanlovimni qilyapman!

Endi odamlar berayotgan maslahatiga amal qilmasligimning sabablari haqida aytaman: birinchidan tanlangan qiz 18-20 yil mobaynida diniy ta'limdan yiroq bo'lsa, qanday qilib qisqa muddatda bu ilmlarni o'zlashtirishi mumkin?! Umumman inkor qilsachi? Unda dodimni kimga aytaman!? Ikkinchidan men nafat o'zimga soliha juft balki farzandlarimga soliha ona izlayapman. Ertaga u o'zi ta'lim-tarbiya oladimi, yoki farzandlarini tarbiya qiladimi!? Uchinchidan menga ilm olishlikda, ibodatlarga mustaqim turishlikda bir ko'makdosh kerak, chunki, Alloh saqlasin, kundan kunga ilmga bo'lgan rag'batim, ibodatlarga bo'lgan ishtiyoqim pasayib bormoqda! To'rtinchidan ayol kishi hayoning timsoli! Men soliha, hayosi oliy va Robbidan qo'rqinchi bor bo'lgan ayolni satr avratsiz tasovvur qila olmayman. Beshinchidan satrlanishsiz yurgan ayollar ibodatlarini o'z vaqtida, mukammal ado qilishadi deb o'ylamayman. Har xil vaziyat bo'lishi mumkinda. Va yana yodimga kelmagan sabablar ham bor!

Endi tasovvur qilib ko'ring, yo'lda bir kishini uchratdik, u yengsiz kiyim, kalta shortikda boshyalang yuribdi. Keyin men sizga aytdim:"Manashu kishi juda taqvodor solih kishi, ibodatda. Kiyimiga e'tibor bermang, o'zi shunday bo'lsa ham qalbi toza. Muhumi ko'nglida bo'lsa bo'ldida!", desam, siz shu gapimga ishonasizmi? Yoki o'sha odamga qizingiz yo singlingizni uzatgan bo'larmidingiz!? Yoki ayol kishi bo'lsangiz unga turmushga chiqgan bo'larmudingiz!?

Yo'q, albatta. O'zingiz ham "прекрасно" bilib turibsiz.

Bu nomutonisiblik erkaklarda bo'lgani kabi, ayollar bilan ham bo'ladi, vallohu a'lam!

Send as a message
Share on my page
Share in the group