Translation is not possible.

Menga uylanish borasida 99% kishilar mening xohish-istaklarimga to'g'ri kelmaydigan maslahatlarni berishida. Ularning naznida men hali uylanmagan, hali yoshman, hayotda hali hech narsani bilmayman! Vaholanki, mening xohishlarim dinim talimotlari, Payg'ambarimiz alayhissalom ko'rsatmalari asosida yuzaga chiqgan.

Payg'ambarimiz alayhissalom aytadilar: "Ayol kishiga to'rtta narsasi uchun nikohlaniladi: moli uchun, nasl-nasabi uchun, chiroyi uchun va dini uchun. Bas, dindorini tanla qo'ling tuproqqa qorulgur(baraka topgur yoki baraka topasan)."

Payg'ambarimiz alayhissalom bunday deb tursalar, boshqa maslahatgo'ylar esa "ro'mol o'ragan bo'lishi shartmi, qalbi toza bo'lsa bo'ldida. Asli yuragida bo'lsa, sen aytishing bilan o'rab ketadi. Ro'mol o'raganlarni hammasi ham sen o'ylagandek emas, mana qanchasini o'zim ko'rib, bilib yuribman." va hakozo. Yana shularga o'xshagan gaplar.

Odamlar din ila yo'g'irilgan saodatli hayotdan shunchalik uzoqlashganki, men qurmoqchi bo'layotgan oila faqat kitoblarda bo'ladi deb o'ylashadi.

Yo'q, unaqa emas albatta.

Hamma menga maslahat berib, fikrlarimni o'zgartirishga harakat qilyapti. Men esa ularni sabr bilan tinglayman, ular bilan tortishmayman ham. Ularning ovvora bo'lib gapirganlari qoladi holos!

Ha mayli nimayam derdik. Allohni aytgani bo'ladi!

Send as a message
Share on my page
Share in the group