Translation is not possible.

#bismillah

#hijab

#ota_onalarga

#muslima_opa_singillarimizga

#orangan_muslimagullarimizga

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Alloh taologa bitmas tuganmas hamdu-sano, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollalohu alayhi vasallamga salovatlarlar yo'llab siz azizlarga quyidagi ushbu dil so'zlarimizni biroz bo'lsada yoritishni xohladim.

Shu o'tgan vaqtlar ichida juda ko'p hijoblanish maqsadida bo'lgan qizlar bilan gaplashdim, ularning aksariyatida uydagilarining qarshiligi noroziligi sabab hijoblana olishmayotganligi edi. Ba'zilarida bu qarshiliklar juda yuqori darajaga chiqqan edi-ki, menga; "yashagim kelmayapti, o'zimni o'ldiraman qutilaman" deyishgacha borishgan edi (Alhamdulillah xozir fikrlaridan qaytishgan, ko'pchiligi hijoblangan, u kunlari ortda qolgan). Bu shunchaki muommodan qochish, qo'rqoqlik siz bu narsa bilan hech narsaga erisha olmaysiz, nafaqat bu balki oxiratingizga ham katta zarar bergan bo'lasiz! Alloh asrasin.

Avvalo hijoblanish niyatida yurgan qizlarimiz qilishi kerak bo'lgan ishlar:

🧕 Oila a'zolari oldida uyda ham ro'molda yurish, uzun kiyimlar kiyib ularning ko'zlarini shu narsaga o'rgatish. (Albatta to'satdan bosh ochiq xolatingizda men hijoblanaman deb qolsangiz va dab-durustdan o'ranib olsangiz ularda shubha va gumon bo'lishi tabiiy)

🧕 Doimo yaxshi muomalada bo'lish! Hijoblanish farz bo'lsa Alloh taolo ota-onaga ham yaxshi muomalada bo'lishni buyurgan. Birini qilib nahot ikkinchisiga ahamiyat bermaymiz?!

(Ayrimlarga uydagilari tomonidan norozilik bildirilganda juda qo'pol hatti- harakat qilishadi. Masalan: gap qaytarish, arazlab olish, ovozini ko'tarib urishish kabilar. Bu oiladagilarga aks ta'sir ko'rsatmay qolmaydi).

🧕 Diniy masalalarda qilinadigan ishlarni oila a'zolaringizga oddiy usulda odob bilan yohud dasturxon boshida boshqa birovga aynan shu mavzuda gap ochish orqali yetqizish. Unutmang o'zlari fahmlab Islom ko'rsatmalari bo'yicha shu ishni bajarishga harakat qiladilar. Onangizni dugonalari kelganda ular bilan shu mavzularda galashish iymonlashish ko'proq dindan xabari bor yor-u do'stlarini uyga taklif qilish. (Aksariyatimiz unday emas bunday, bunday emas unday deb ota-onaga aql o'rgatishni bilamiz bu ham ularda ichki norozilikni oshirishi ehtimoli katta. Hech kimga o'zidan kichik bo'la turib hadeganda aql o'rgatadigan aqlvoylar yoqmaydi. Bu bilan gunoh masiyatdan aytarmang demoqchi emasman qaytaring faqat odob husnul-hulq bilan).

🧕 Ayrim ishlarni xususan nomahramlar bilan qo'l berib salomlashish kabi ishlarni avvaldanoq to'xtatish lozim! Uzr, menga to'g'ri kelmaydi deb ketavering. Bandasining nima deb o'ylashi-yu sizdan qo'limni olmadi deb hafa bo'lishi bir tiyinga qimmat narsalar. Sizni Alloh bilsa bas bandasiga hech qachon yoqolmaysiz!

( Hijoblangach yig'ishtiraman xozir hijobim yo'q o'zing hijobda emassan-ku deb gapirishadi deysizmi? Qo'rqmang agar aynan xozir bu ishlarni o'rganmasangiz hijoblangach o'rganib qolgan odatingizni tashlash ancha qiyin bo'ladi va bexosdan o'zingiz ham bilmay qo'llashib salomlashib qo'ysangiz:

Birinchidan, vijdon azobida qolasiz ancha vaqt!

Ikkinchidan, atrofdagilarning ana hijobda bo'la turib shu ishni qilyapti degan gap-so'zlari nishoniga aylanasiz. Shuningdek, hijoblangan qizlar doimo diqqat markazida bo'ladilar, sizning, bizning hatti harakatlarimizga qarab barcha hijoblangan muslima qizlarga hulosa chiqarishadi.)

Send as a message
Share on my page
Share in the group