Translation is not possible.

Har bir ishda hayr borligiga hozirgina guvohi bo’ldim

Bugun google business profillarim sababsiz (Sababi manga qorong’u, lekin taxminim bor bitta profilga limit bor va 10 tadan oshsa bloklab qo’yishi mumkin) bloklanib qoldi. 10 dan oshiq biznes bloklangan.

Asab buzildi, orasida mijozlarimni bizneslari ham bor. Apelatsiya yozdim javobini kutib turibman hozircha.

Shu orada ancha oldin harakat qilib ko’rgan va ba’zi sabablarga ko’ra qolib ketgan ish bor edi. Shu bahona yana harakat qilib ko’ray dedim va ishga kirishdim.

Shu jarayonda Rasmiy Bisyor Agency kompaniyamni Google Business bo’yicha agent qilib oldim.

Endi bizneslarni nafaqat cheksiz qo’shishim va oson tasdiqlab olishim mumkin. Shu orqali biznes egalarini google xaritaga qo’shib boraman va mijozlar va biznes egalariga foydam tegadi deb o’ylayman.

Yarim kechasi shu yangilik bilan bo’lishgim keldi. Man uchun yaxshi yangilik bo’ldi.

Google xaritaga chiqish bo’yicha bemalol yozaversangiz bo’ladi.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group