Translation is not possible.

Ular ayollarni sahnaga chiqarib qo‘shiq aytishga qo‘yib berishdi; Alloh esa ayollarni iffatini saqlab, namozni jahriy o‘qishiga, azon, iqomat aytishiga ruxsat bermadi. Ular ayollarni teatrda, filmlarda rol o‘ynashga qo‘yib berishdi; Alloh esa ayollarni iffatini saqlab, jamoat, juma namozlariga chiqishga buyurmadi.

Ular ayollarga olimpiada va sport musobaqalarida ishtirok etishga qo‘yib berishdi; Alloh esa ayollarning iffatini saqlab, hajda Safo va Marva orasida yugurishiga ruxsat bermadi.

Ular ayollarga yolg‘iz sayohat qilishga qo‘yib berishdi; Alloh esa ayollarning iffatini saqlab, Islomning ruknlaridan bo‘lgan hajni mahramsiz ado etishda ruxsat bermadi.

Ular ayollarni uylardan pardoz, atir bilan chiqishiga qo‘yib berishdi; Alloh esa ayollarni iffatini saqlab, oyoq kiyim tovushlari chiqishiga ruxsat bermadi.

Ular ayollarga erkinlik bermoqchi emas, balki ayollarga yetishish yo‘lini erkin qilib qo‘yishmoqchi.....))

Send as a message
Share on my page
Share in the group