Translation is not possible.

Meni quvontirgan va masuliyatga undaydigan bir holat bor. O'qish davrimiz ham, hozir ham ko'p guvohi bo'layotganimiz: ishimiz, o'qishimiz tufayli safar qilishga to'g'ri kelib qoladi. Tabiiyki, jamoat transport vositalariga minayotganda, chegaralardan o'tayotganda yoki ishxonaga kirib, chiqayotganda qo'limizda yukimiz bo'lsa, melitsiya hodimlari yoki qoruvul xizmatlari sumkalarimizni tekshirishadi. Biz asosan, olib ishlatish qulay bo'lishligi uchun, joynamozimizni sumkamizdagi narsalar ustiga qo'yamiz va ochganda birinchi ko'z joynamozga tushadi. Meni quvontirgan narsa, hodimlar joynamozni ko'rishlari bilan "Joynamozmi bu? Namoz o'qiysizmi? Bo'ldi o'tavering!", deb, ortiqcha tintuv qilmasdan, o'tkazib yuborishadi. Bu yerda asosiy bir nuqtasi bor: Ular biz namozxonlarga ishonch bildirishyapti, "Bu namoz o'qisa, bundan yomon ish chiqmaydi, o'g'irlik qilmaydi!" , deb yaxshi gumonda bo'lishadi.

Bizning vazifamiz bu ishonchni oqlashdir. Avvolo dinimiz qonunlariga, keyin davlatimiz qonunchiligi va o'qish-ishdagi ichgi tartiblarga amal qilishimiz lozim.

Aks holda, kishilarning dinga, dindorlarga nisbatan noto'g'ri fikrni shakllanib qolishiga bir sababchi bo'lib qolishimiz mumkin. Shundan saqlanaylik!

Send as a message
Share on my page
Share in the group