Translation is not possible.

1. Ayol qahva kabidir, agar unga e'tibor bermay, beparvo bo'lsangiz, muzlab, sovib qoladi, hattoki sizga bo'lgan his tuyg'ularida ham.

2. Ayol agar yaxshi ko'rgan kimsasi oldida jim bo'lib qolsa, uning ichidagi aytolmay qolgan barcha so'zlari ko'z yoshi shaklida oqib keladi!

3. Ayol avvaliga sizga yaqinlashishdan qo'rqadi, ammo oxirida esa siz undan uzoqlashsangiz, yig'lay boshlaydi. Uni juda kamchilik tushuna oladi!

4. Ayol sizdan ortiqcha narsa talab qilmaydi, u faqatgina sizdan o'z singlingiz uchun siz orzu qilgan kuyov kabi bo'lishingizni istaydi, xolos..

5. Agar o'zingiz bilan e'tibor, parvarish xaltasini ko'tarib olmagan bo'lsangiz, ayol kishining qalb eshigini taqqillata ko'rmang!

6. Ayol juda katta makrdir, yoki buyuk muhabbatdir!

Xohlaganingizni tanlab oling, ey erkaklar! Agar unga nisbatan makr ishlatsangiz, sizga ham makr bilan javob beradi. Agar uni yaxshi ko'rsangiz uning chinakam sohibiga aylanasiz!

7. Ayol o'zi betob holida dardingizga darmon bo'ladi, o'zi xazin holida sizga tasalli beradi, charchagan holida kechalari uxlamay chiqadi, o'zi tanimagan kimsa uchun xafa bo'ladi, to'yi kuni ham yig'laydi.

Unga ozgina yumshoqlik bilan lutf qiling!

8. Ayol har qancha katta yoshda bo'lmasin, u sizdan doimo farzandingizga qilgan muomalani kutadi.

‌9. Ayol qanchalik badjahl bo'lmasin, u hech qachon mehr-shafqatdan xoli bo'lmaydi.

10. Ayol otasiz farzand o'stira oladi, ammo erkak kishi onasiz farzand o'stira olmaydi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group