Translation is not possible.

Birodar.. deyishing uchun u qancha azob chekishi kerak ?

G‘azo muammosi musulmonlar nafslarida ochib bergan illatlardan yana biri, bir birodaringga iching achishi uchun u faqat azob chekishi kerak bo'lib qolibdi..

G‘azodagi muslima.. deydi, yonidagi ayolini tashlab qo‘ygan erkaklar..

G‘azodagi yetimlar.. ularni asrab olsaydim.. deydi, o‘zining erini bolasini sig'dirmay ichi torlik qilayotgan ayollar..

G‘azodagi uxtilar.. deydi, bir-birini o‘ldirib qo‘yishga tayyor (kundosh) uxtilar..

G‘azodagi kelinlar .. deydi,  o'g'lining ikkinchi ayolini ko‘chaga quvib solgan qaynonalar..

G‘azodagi birodarlar .. deydi,  yonidagi birodarini "adashganlar" deb sotib berishga tayyor "adashmaganlar" ..

G‘azodagi birodarlarga ..deb pul jo‘natadi, yonidagi birodari bilan bir sum ustida talashgan ishbilarmonlar..

Bunga bahona ham tayyor: "Ular boshqa.."

Ha boshqa.. Chunki bu sanalgan (Va sanalmagan yana qanchalar) qo'l oyog‘i uzilib tushishi kerak-da! Hali bus-butun turibdi, nega bularga rahm qilinsin ? Ular ham yonib-kuyib, pishib qolishi kerak. Ular ham zo'rlanishi kerak. O'shanda "arziydi" ularni ham "Birodar" deyishga..

Xulosa :

Sen uzoqdagi "birodarlar"ga qanday yordam bersam.. deb turganingda yoningdagi "birodarlar"  sendan qon qaxshab turgan bo‘lishi mumkinligini unutma..

Mushugingni pisht demagan birodaringga achinish haqiqiy achinish emas. Haqiqiy achinish senga undan zarar kelishi mumkin bo‘lgan birodaringga achinib yaxshilik qila olishingdir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

"Musulmonlar qonlari bir-biriga tengdir"

(Abu Dovud)

Send as a message
Share on my page
Share in the group