2 months Translate
Translation is not possible.

💿 ILM FAZILATI

Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjid eshigi oldida shaytonni ko‘rib qoldilar

va: "Ey iblis! Bu yerda nima qilyapsan?" dedilar. Shayton: "Men masjidga kirib, namozxonning

namozini buzishni xohlayapman, lekin kirolmay turibman. Sababi masjidda uxlab yotgan kishidan qo‘rqyapman", dedi. Shunda Muhammad sollallohu alayhi vasallam ajablanib so‘radilar: "Ey shayton! Ibodatdagi kishidan qo‘rqmasdan, g‘aflatdagi kishidan qo‘rqmoqdamisan?" Shayton aytdi: "Namozxon johil kishi, uning ishini buzish oson, lekin uyqudagi bu odam olimdir. Men agar bu johilning namozini buzsam, u olimni tezda uyg‘otib, namozini qanday tuzatishni so‘rashidan qo‘rqmoqdaman". Mana shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Olim

kishining uyqusi johil odamning ibodatidan afzaldir", deganlar ("Minhajul mutaallimiyn").

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam) aytdilar:

Kim ilm egallashni xohlasa, unga besh xislat

kerak bo‘ladi:

1. Kechqurun hech bo‘lmasa, ikki rak’at nafl namoz o‘qishi.

2. Doim tahoratda yurishi.

3. Zohiri va botinida taqvo bo‘lishi.

4. Taomni ibodatga quvvat uchungina yeyishi.

5. Misvok ishlatishi.

➡️"Durratun nosihiyn" kitobidan Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz

Send as a message
Share on my page
Share in the group