Translation is not possible.

OʻZIMGA:

Tura olmaysan, bir kun oʻrningdan,

Nima boʻlayotganin bila olmaysan.

Yaqinlaring seni tanangni yuvar,

"Oʻzimni qoʻlim bor" deya olmaysan.

Jim yotasan koʻzingni yumib,

Endi ibodatlar qila olmaysan (*).

"Honangning" sovuqligini koʻrib,

Endi gulxanlar yoqa olmaysan.

Ehtimol oʻsha payt qorongʻu boʻlar,

Turib chiroqlarni yoqa olmaysan.

Hozir boshlanadi savol-javoblar,

Ul narsadan endi qocha olmaysan.

Savollar oson boʻlishi mumkin,

Lek ularga javob bera olmaysan .

Savollarga javob topmogʻlik uchun,

Endi ortingga qayta olmaysan.

Albatta, hammasi haqqoniy boʻlar,

Bu yerda poralar bera olmaysan.

. . .

Send as a message
Share on my page
Share in the group