👨🎓 "Nobel" mukofotini olishdan bosh tortgan olim
Asli kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan olim Inoyatulloh Xon Mashriqiy 18-19-yoshlarida matematika fani bo‘yicha magistrlik diplomiga ega bo‘ldi. Olim 30 yoshga yetganida Qurʼoni Karimni aniq va tabiiy fanlardan foydalanib tafsir qilishga kirishadi va qariyb 6 yil deganda oxiriga yetkazadi. Ishni bitirgach, "Nobel" mukofotini berish bo‘yicha hayʼat uni ham "Nobel" mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritadi. Mukofotni berish uchun yozgan ilmiy ishini ingliz, yoki fransuz tiliga tarjima qilishni shart qilib qo‘yishadi, chunki u tafsirni urdu tilida amalga oshirgan edi. Olim hayʼatning shartini eshitgach,
"urdu tilini hurmat qilmaydigan mukofotni olishni istamayman",
deya uni olishdan bosh tortadi.
Maʼlumot o‘rnida: Oilm Inoyatulloh Xon Mashriqiy 1888-yilda Hindistonning Amritsar shahrida tug‘ilib, 1963-yilda Pokistonning Lahor shahrida vafot etgan. Islom olimi, matematik va siyosatshunos hisoblanadi.
© Nozimjon Hoshimjon
Darhaqiqat, o‘z ona tilini "Nobel"dan ustun qo‘ya olgan olim har qanday oliy mukofotdan-da ustundir!
Farzandlarimizni ham o‘z ona tiliga, diniga va Vataniga bo‘lgan ana shunday muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalasakkina, o‘zimizni buyuk deyishga qodir bo‘lamiz!