Translation is not possible.

Sizni tariflashga ojizdir tilim

Krarmikan sizga insof tofiqlar

Aytgan so’zingiz deb vayrona dilim

Sal insofli bo’ling, ey munofiqlar.

Ilmu toliblarga berarsiz ozor

Ularda ham tugar kun kelib bardosh

Tanidik, bildik ham ekansiz asli

Yerda yurgan o’sha shaytonga izdosh.

Bir safda ibodat qilasiz ammo

G’ayrlik qilasiz bildirmay zimdan

Tavga qiling tezroq, shoshiling, chindan,

Chiqay deb turibti pichoqlar qindan.

Ilmi toliblarni xatosin izlab,

Yugurib-yelasiz har vaqti, har on,

Ro’zada kishanband bo’lsa-da biroq

Oramizda bordir siz kabi shayton.

O’zi ham iymonga iqtido qilib,

So’ng uni ortidan qiladi g’iybat,

Ming Ka’ba buzgandek bag’rini tilib,

Vaylga vayrona bo’lar oqibat.

Ilmni zahar deb bilgan munofiq,

Siz uchun jannatning eshigi yopiq.

Biling sizni ahli iymon kechirmaydi,

Anbiyomiz Kavsar suvin ichirmaydi…

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group