#iqtibos
#kundaliklar
#shaxsiy_mulohaza
"Namoz — masjiddan chiqqanda, haj — Makkadan qaytganda, roʻza — Ramazon oyi tugaganda boshlanadi".
Najib Fozil
OʻZIMGA NASIHAT, BOSHQALARGA TAVSIYA
Bugun Ramazon oyini nihoyasiga yetkazib, Shavvol oyining ilk kunini ham boshlab oldik.
Ramazon qanday oy edi?
Ramazon — Qurʼon oyi.
Ramazon — xatm-tarovih oyi.
Ramazon — tungi namozlar oyi.
Ramazon — tavba va istigʻfor oyi.
Ramazon — nafsni jilovlash oyi.
Ramazon — xayr-u, ehson oyi
Ramazon — ...
Ramazon oyi tugadi, deb ochilgan Qurʼon yopilib qolmasin, kunda bir sahifa boʻlsa ham koʻzimiz Qurʼon nuri ila ravshan boʻlsin!
Ramazon oyi tugadi, deb quloqlaringizni Qurʼon tinglashdan mahrum qilmang. Hech boʻlmasa kunda 30 daqiqa Robbim oyatlarini tadabbur ila tinglang!
Ramazon tugadi, deb tungi namozlarni tashlab qoʻymang. Jillaqursa 2-4-6-8 rakʼat tungi nafl namoz oʻqib qoʻying!
Ramazon tugadi, deb istigʻfor, tasbehlarni unutib qoʻymang. Aqalli kunda yuz bor istigʻfor ila tilinggiz namlanib tursin!
Ramazon tugadi, deb nafsingiz jilovini yechib yubormang! Boʻlmaganda har oy uch kun nafl roʻza tutib qoʻying!
Ramazon tugadi, deb...
Inson bir narsani qattiq sogʻinsa, unga aloqador xotiralarni eslab oʻziga oʻzi taskin beradi.
Biz ham Ramazondagi xayrli amallarimizni takrorlab yurish orqali keyingi yilgacha sogʻinchimizni bosib turamiz, bir amallab...