#muhim
Ilm olar ekansiz doimiy o'zingizni kuzating. Ilm yuqyaptimi yo'qmi? Ilm yuqishining belgisi faqat uni eslab qolish yodlashdan iborat emas. Ilmning yuqishi amallarda zohir bo'lishi, amallaring, qalbni go'zallashishi, sakinat, saodat his qilinishi, har narsani ne'matlarni tafakkur qilish, shukrida bo'lishdir.
Modomiki amallaringizda zohir bo'lmadimi, qalbingiz hamon o'sha o'shami nazar soling qayerda nimada xato qilmoqdasiz va albatta fundament bo'lmish niyatni doimiy kuzating va to'g'rilab turing. Allohga tinimsiz duo qiling. Meni o'z holizga qoldirma doim kuzat, doim Hidoyat qilib tur(lutf ila to'g'ri yo'lga solib tur) deya duoda bo'ling.
Ilm amal bilandir. Zotan Qiyomatda ham amalimizdan so'ralamiz. Bilsag-u amal qilmasak bu ilmdan ne foyda. U ilm hayotimizni go'zallashtirmasa, Allohga yaqinlashtirmasa nima foyda?!
Oxirgi vaqtlar ko'p duch kelganim, dilimni xira qilgani meni yanada amallarimga e'tiborli bo'lishga undayotgan narsa ko'p tolibi ilmlarning o'zini ustun bilib kibr qilishi, o'zidan boshqalarni mensimasligi, o'ta xunuk xulqi, ilmini peshlashi(men shuncha narsa o'qib qo'yganman), ilm illyuziyalari (o'zidan kazo kazolarni yasab olishi), qo'pol sovuq muomalasi va hasad. Juda xafa bo'ldim. Ich-ichimdan yig'lagim keldi. Biz qayoqqa qarab ketyapmiz. O'zimizni, amallarimizni bir kuzataylik.
Faxriya Muhammad