Translation is not possible.

Qachondur qutilib dunyo g'amidan

Barcha banda kabi men ham o'laman

Dunyoda ko'rmadim sizni Rosulim

Jannatda siz bilan qo'shni bo'laman

Allohdan so'rayman duoda har kun

Rosulimga Alloh qo'shni bo'lay deb

Xursand bo'lib ketarman kelsa qora tun

Vohli ko'zim yumaman sizni ko'ray deb

Tushimga kirsangiz uyg'ongim kelmas

Hatto qiyomatgacha tushda yashardim

Yurak sizni sevar dunyoni emas

Shu bir tushni dunyoga alishtirardim

Erta tong shabboda bilan ohista

Sizning iforingiz menga keladi

Sabr qilolmayin yuragim hasta

Bu yurak Alloh va sizni sevadi

Hammaning boshida bordir bir o'lim

Qabrimda savolga javob aytaman

Qabrim ham men uchun jannatdek so'lim

Tuproqdan yaraldim unga qaytaman

Send as a message
Share on my page
Share in the group