2 Bulan Terjemahkan
Tidak bisa diterjemahkan.

Ayollarni “tovuq miya” deyish aksar erkaklar ichida tarqalgan so’zlardandir. Ha, rostan ham ayollarni aqli noqisdir.Ayollar aslida erkaklar bilan aqlda teng,ammo hissiyotda kuchli.Aynan usha hissiy kuchlilik- zaifalikni ham,noqislikni ham keltirib chiqaradi.

Faqat ayol kishi-haqiqatni bilib turib,yolg’onlaringizga “ishonadi”.

Faqat ayol kishi-unga xiyonat qilinsa qaytib kechiradi.

Faqat ayol kishi-uni xo’rlasalar chidaydi.

Faqat ayol kishi-alamini hech kimdan ololmay hun-hun yig’laydi.

Faqat ayol kishi- tog’ ko’tarolmaydigan dardlarga sabr qiladi.

Faqat ayol kishi-o’ziga yoqmagan ishga o’zini majburlay oladi.

Faqat ayol kishi-o’zini yoqtirmagani bilan indamay yashay oladi.

Faqat ayol kishi- umrini o’zidan kechib, oilasiga va farzandlariga bag’ishlay oladi.

Faqat ayol kishi- o’zini unuta oladi…

Bularga rozi bo’lish uchun aql noqis bo’lishi kerak. 20 yil xizmatni qilib “sen nima ham qilganding” degan gapni eshitish uchun aql noqis bo’lishi kerak. 9 oy bag’rida ko’tarib yurib “sizni aqlingiz nimaga ham yetardi” deb farzandidan shu gapni eshitish uchun aql noqis bo’lishi kerak.Ichib,chakib, bo’kalagini chiqarib urganni yana qaytib “sevaman” deyish uchun aql noqis bo’lishi kerak.

Endi ilmiy isbotlasak, ayollarda hissiyotlar ustun turadi. Unda tuyg’ularni stimullovchi gormonlar kuchliroq ishlaydi. Aql bilan hal qilinadigan vaziyatlarda, uni nozik qalbi doim pand beraveradi.Qayta-qayta yuziga oyoq qo’yganlarga eshigini qaytib ochadigan ayollardir.Shu sabab ham “chidash” kerak bo’lgan dardlar ayollarga ilohiyat tomonidan tortiq etilgandir.

20 ta suyak sinishini bir vaqtda (to’lg’oq dardi) ko’tara oladigan jins vakilasi-ayol kishidir.

Nega dunyoga noqislik kerak?

Sababi doim vaziyatlarda aql ustun turavermaydi. Nozik nuqtalarda hissiyotlar ustun keladi, ular silliq hal etadi.

Sevgi-hissiyotdir.

Ishonch-hissiyotdir.

Vafo-hissiyotdir.

Ko’z yosh-hissiyotdir.

Simpatiya ham empatiya ham-hissiyotdir.

Tushunishni yarmi hissiyotdir.

Ilk ko’zidan yoshi to’kilgan yaratiliq-ayoldir.Odam alayhisalom o’zida tuyg’ularini his qilishga yordam bergan yaratiliq-ayoldir.

Toqat-hissiyotdir, tarbiya esa-toqatdir:

Ayollarga bekorga ham farzand tarbiyasi berilmagan. Erkak farzand tarbiyasidagi farzandini qiladigan qayta-qayta xatolariga,qaysarliklariga,so’zlariga,dod-voylariga nisbatan toqatli bo’la olmasdi.Tarbiyaga katta sabr va mehr kerak.Mehrni esa negizi-hissiyotdir.

Shu “aqli noqis” zaifalar dunyoda hissiy muvozanatni ko’tarib turibdi.Ularsiz tizim pand berardi,dunyo faqat quruq dunyoligicha qolardi,ularsiz davralarda iliqlik yo’qolardi,ularsiz inson o’zini tirikligini his qiladigan tuyg’ular butunlay o’lardi…shunday ekan noqislik-mukammallikni bir shub’asidir.

©️

Sakina Ahmadova

Kirim sebagai pesan
Bagikan di halaman saya
Bagikan di grup