Translation is not possible.

Yana aqalli uch kungina onamning umri cho'zilsa-yu,keyin yomģir emas, muttasil tosh yoģsaxam rozi edim...

Bir hafta bòldiki, Dòstlarim, tanish-notanishlar eshikdan ma'yus kirib kelishadi.

Dòstlarim jimgina òtirib, jimgina chiqib ketishadi. Boshqalar oxista sòraydilar:

— Necha yoshda edilar?

Men aytaman...Aytaman-u, òylayman: onaning yosh-qarisi bòladimi? Mehrning yosh-qarisi bòladimi? Shafqatningchi? Sadoqatningchi?

Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta kichigi bòlmaydi.

Endi yana bi haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bòlmas ekan. Ona—ona ekan. Unga boshqa sifat kerakmas.

#Òtkir_Hoshimov_Dunyoning_ishlari

Send as a message
Share on my page
Share in the group