Translation is not possible.

Bir yili bir masjidda 17 yoshli qori yigit xatmonaga o‘tgandi, xatmonadan so‘ng,  o‘sha paytda Namanganda ma’lum va mashhur ustoz rahmatli Ahmadxon domlaning yonlariga qori bolaning yaqinlari otalari, tog‘alari kelib domla duo qiling o‘g‘limizni deyishgandi,  shunda ustoz bir oz to‘xtab yig‘i aralash onalari qanilar, onalari degandilar....

Bolaning qoriy bo‘lishida birinchi o‘rinda onasi turar ekan, chunki bolam qoriy bo‘lsin deb, to‘qqiz oy qornidaligidayoq unga surai Yosinlarni o‘qib ta’lim bergan, tug‘ilgandan keyin esa, beshiklarni tebratib, kechalari Robbul a’laminga iltijo qilib Qur’on bilan emizib, Qur’on bilan uxlatib so‘ngra, 4-5 yoshga yetganda uni bir ustozga bergan eng birinchi sababchi Ona bo‘lar ekan..

Qoriy farzandlarni dunyoga keltirgan, ularni oq yuvib  oq taragan onalarimizdan Alloh rozi bo‘lsin, ularga jannatlarda qasrlar barpo etsin...

Ilhom Muhammad

Send as a message
Share on my page
Share in the group