Translation is not possible.
Fasod ketdi FALASTINGA
Chinni qo'yib alas dinga
Xunni to'kmoq kerak kimga
Yo Rab qaytar ISLOMIMGA
 
Dong'i ketgan edik olim
Pinhona ishqi limmo-lim
Tanlov bugun Zulm, O'lim
Yo Rab qaytar ISLOMIMGA
 
Uyg'urlarim uyuldingiz
Qonli "Chin"ga quyildingiz
Bilmam tirik yo o'ldingiz
Yo Rab qaytar ISLOMIMGA
 
Nabiyimning nubuvati
Haq dinimiz muruvati
Bo'lay Rasulning ummati
Yo Rab qaytar ISLOMIMGA
 
Bu ne isyon, bitmas hamon
Firqa nechun ey musulmon
Qayda Islom, qani Imon
Yo Rab qaytar ISLOMIMGA
 
Chahoriyor bunda ogoh
Shiyalarda 12 tog'
Orom topsin Rasululloh
Yo Rab qaytar ISLOMIMGA
 
Ateistga bayram emish
Bo'ldi ketdi Islom demish
O'z go'shtini to'ng'iz yemish
Yo Rab qaytar ISLOMIMGA
 
Islom dini muqaddas din
Maxf etolmas hech bir quzg'un
Toki dilda taqvo butun
Yo Rab qaytar ISLOMIMGA
 
© NIHONIY
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group