Translation is not possible.

Maddohlar haqida

Bir podshoh chiqibdi bir mamlakatga,

Soʻng maddoh kelibdi shohni maqtay deb:

Ming asr yotibmiz bizlar gʻaflatda,

Buyuring podshohim mana biz shay deb.

Zamonlar, vaqtlar, shohlar oʻzgarib,

Oʻzgarib tugagach oʻsha kir asr.

Yana bir "xalqparvar" boshin ko'tarib

Debdi: uxlabmiz-ku toza bir asr.

Soʻng bitib podshohning umri - zafari,

Hech kim koʻrmas ekan abadiy umr.

Yurt yangi podshohni tanlab safarin

Davom ettirmoqqa boʻlibdilar bir.

Har yangi podshohga bor yangi maddoh,

Saqlamoq ne kerak axir bu sirni.

Lek hamon maqtovlar oʻzgarmaganroq:

Uxlab oʻtkazibmiz chorak asrni...

...eh axir Firʼavn tugʻyonga ketdi,

Oʻsha maddohlarning maqtash kasridan.

Yetar bu maqtovlar tomoqqa yetdi

Qachon uygʻonamiz mudrash asridan.

Muhammad Qodir

Send as a message
Share on my page
Share in the group