Translation is not possible.

❗​​TOLIBON VA POKISTON ARMIYASI O'RTASIDA  JANGLAR BOSHLANDI❗

Mahalliy manbalarga ko'ra, Tolibon Dand-o-Patan viloyati (Paktiya) hududidan Pokiston hududini artilleriya va minomyotlardan o'qqa tuta boshlagan, Pokiston tomoni esa bunga qarshi javob choralarini ko'rishmoqda.

​​Avvalroq, Pokiston tomonidan raketa zarbalari Afg'onistonning Paktiko va Xost viloyatlariga berilgani aytilgandi.

Pokistondagi manbalarga ko'ra, zarbalar nishoni "Tehrik-e Tolibon Pokiston" amaldorlari, xususan Abdulla Shohning qarorgohlari bo'lgan. Biroq bu guruh Afg'onistonda emas Pokistonda jang qilayotganini da'vo qilib video rolikni internet sahifalariga joylagan. Aytish mumkinki,  hujumlar asosan "qochoqlar" lagerlariga berilgan.

Tolibon Matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid so'zlariga ko'ra, Afg'oniston hududiga qilingan hujumlarni qoralanadi va ularni Pokiston xalqi va yangi hukumat tomonidan to'xtatilishi kerak bo'lgan bir necha armiya generallarining tashabbusi deb biladi. Bu kabi hodisalar Islomobod uchun muqarrar ravishda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group