Translation is not possible.

#history #tafakkur #iqtibos #fikrim #mulohaza

Insonning qayoqdan kelgani emas, qayerga qarab borayotgani muhim!

Abdulloh ibn Muborak

Bu fikrni 2 xil qabul qilish mumkin:

1) Umar ibn Xattobning (r.a) musulmon bo'lishlaridan oldingi tarixlari ''qora'' bo'lgan, lekin keyin eng buyuk sahobalardan bo'ldilar.

2) Iblis ham avvallari jannatda farishtalarga dars bergan, ammo keyin Allohning la'natiga uchradi.

Endi millatimiz haqida o'ylaylik!!! Men tariximizni unutaylik demoqchi emasman, balki hqiqiy tarix o'rganilishi tarafdoriman, ammo faqat tarixmiz bilan maqtanavermasdan bugungi kunimizni ham o'tmishimizga mos bo'lishiga harakat qilishimiz kerak. Kelajagimiz haqida ham bosh qotirishimiz zarur! Ya'ni al-Xorazmiy yoki imom al-Buxoriyning avlodi ekanimiz bilan maqtanishni kamaytirib, ularga o'xshab ilmli insonlar bo'lishga harakat qilishimiz kerak. Chunki insonning qayoqdan kelgani emas, qayerga qarab borayotgani muhim!

Send as a message
Share on my page
Share in the group