2 months Translate
Translation is not possible.

#himmat

​Bir kuni saxovati bilan tanilgan Umar ibn Ubaydulloh yoʻlda ketayotib, bir bogʻ yonidan oʻtdi. Bogʻ devori yonida bir qul bola ovqat yeb oʻtirardi. Shu payt uning yoniga bir it keldi. Bola oʻzi bir luqma yesa, itga ham bir luqma berar edi.

Buni koʻrgan Umar: “Bu sening itingmi?” dedi.

Bola: “Yoʻq”, dedi.

Umar: “Unda nega ovqatingga uni sherik qilyapsan?” degan edi.

Bola: “Oʻzim yeb, unga bermayotganim koʻrib qolishlaridan uyalaman”, dedi.

Bolaning javobidan lol qolgan Umar: “Sen hurmisan yoki qulmi?” dedi.

Bola: “Men shu bogʻ egasining quliman”, dedi.

Umar joʻnab ketib, birozdan keyin qaytib keldi-da, “Suyunchi ber, Alloh seni ozod qildi.Bu bogʻ endi seniki boʻldi”, dedi.

Bola xursand boʻlib, “Guvoh boʻling, bu bogʻning hosilini shu shahar kambagʻallariga atadim”, dedi.

Bolaning himmatiga qoyil qolgan Umar: “Meni hayron qoldirding. Oʻzing muhtoj, kambagʻal boʻla turib, shunday qilasanmi?” dedi.

Shunda bola iymon va ishonch bilan: “Alloh menga saxiylik qilib turganda men baxillik qilishdan uyalaman” deb javob berdi.

varis

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group