Translation is not possible.

Bir kun bir kishining uyiga mehmonga borsak, uy egasi dasturxonga o’tir demasidan o’tiriladimi? O’tirilmaydi. Ramazonda nima bo’ladi bilasizmi?

Uy egasi o’tir desa ham o’tira olmaysiz.

“Demak dasturxonning egasi boshqa” deysiz. Uy egasini gapi ham o’tmaydi.

Kimni kutayapsiz?

Bu dasturxonning haqiqiy egasini buyrug’ini kutayapsiz.

Oldingizda shuncha imkonlar bor.

Keyin tushunib yetasiz. “Ey Rob. Demak rizqlar Seniki. Ikromlar Seniki. Dasturxon ham Seniki.

Inson shunda nimani tushunadi?

Qaysi ma’noda qul ekanligini tushunadi va u dasturhonda inson “Ya Rob. Men bu dasturxonda, haromlar u yoqda tursin, halollardan ham uzoq turayapman” deydi.

Hozir halollardan uzoq turgan inson, Ramazondan keyin haromlardan uzoq turishi oson bo’ladi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group