9 month Translate
Translation is not possible.

#foyda

🏷Har bir amal qalb bilan boshlanadi, shuning uchun ham Islom dini avvalam bor qalbni poklashlikka buyurgan.

♥️Qalb- a’zolarning rahbaridir. Barcha a’zolar qalbga tobe’-ergashuvchidir.

Agar qalb haqga ergashsa, a’zolar ham unga itoat qiladi. Agar qalb haqdan toyilsa, a’zolar ham toyiladi.

🎃Alloh taolo qaraydigan eng birinchi narsa ham, aynan qalbdir. Sababi, inson qalbi bilan Allohni taniydi, qalbi bilan Uni yaxshi ko’radi, qo’rqadi, tavakkal qiladi; Alloh taologa birinchi o’rinda qalb bilan ibodat qiladi, keyin a’zolar ibodati kelib chiqadi.

🟤Rosululloh ❕shunday deganlar: “Alloh taolo sizlarning suratlaringiz va mollaringizga nazar solmaydi, balki Alloh sizlarning qalblaringiz va amallaringizga boqadi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

🟤Yana Rosululloh ❕aytganlar: “Ogoh bo‘linglarki, tanada bir parcha go‘sht bor. Agar u tuzalsa, butun tana tuzaladi. Agar u buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh bo‘linglarki, u qalbdir”,  (Imom Buxoriy rivoyati).

🍂 Shunday ekan Alloh taologa itoat qilmagan odam, “Men Allohni yaxshi ko’raman” deya olmaydi. Alloh taoloni yaxshi ko’rish qalbdan boshlanadi va tana-a’zolarga ta’sir qiladi.

(Axir yaxshi ko’rgan insonimiz nimani yaxshi ko’rsa biz ham o’sha narsalarni yaxshi ko’rib qolamiz-ku, u yaxshi ko’rgan narsalarni qilamiz-ku?! Alloh taologa muhabbat esa batariqa avlo.)

Allohni yaxshi ko’rish 🟰itoat qilish;

🍂 Xuddi shunday Alloh taologa osiy bo’lgan odam “Men Allohdan qo’rqaman” deya olmaydi.

Allohdan qo’rqish 🟰itoat qilish;

📎Shuning uchun ham birinchi o’rinda qalbni isloh qilish kerak, shunda jasad ham isloh bo’ladi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group