Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh
Bismillah
Bu kun 16.03.2024 ya’ni hijriy 1445-yil Ramazon oyining 6-kechasi 7-taroveh namozi butun umrga esda qolarlik bo’ldi. Mehribon robbim har Ramazondgi kabi bu safar ham bir hayriyatli voqeani ko’rsatdi men uchun.
Aslida bu kun Islomobod masjidiga kelish niyyattim yo’q edi avvalida va shuningdek bu ulug’ zotlar bu yerga kelishlaridan habarim ham.
Bir solih birodarim bilan ko’rishishlik maqsadida shaharga yaqinroq yerdagi masjidda taroveh o’qishga kelishgandik uning taklifi bilan va bu Islomobod masjidi edi. Men ertaroq yetib keldim u esa ulgurib kela olmadi boshqa masjidda o’qidi tarovehni. Ko’rganlarimni aytib berganimda bundan biroz hafa ham bo’ldi nasb qilmagan ekan, men esa eng oldi qatorlarda o’tirgandim.
Birdan yonimdagi to’siqlar ortidagi eshikdan bir necha kishi kirib kelishdi va buni ko’rib hamma o’rnidan turib ketdi, shu vaqtda men ham ularni kim ekaniga qiziqib qaradim, ne ko’z bilan ko’rayki yonginamdan 1 vaqtning o’zida Muftiy hazratlari Shayx Nuriddin Xoliqnazar va ustoz Shayx Alijon qori bir guruh chet ellik mehmonlar bilan kirib kelishdi va bir muncha vaqtdan keyin ko’plab qorilar bilan Muhammadloiq qori aka ham keldilar.
Xufton va Vitr namozlarida Shayx Alijon qori imomlikga o’tdilar. Taroveh namozini 5 nafar bir biridan qiroati go’zal qorilar o’qib bizni bahramand qilishdi.
Bu insonlarga iqtido qilib va yana ular bilan 1 safda eng oldi safda turib namoz o’qish imkoniyatini Muborak Ramazon oyida kutilmaganda bergani uchun Alloh taologa beadad hamd va sanolar bo’lsin.
Bu kunda bu soatlar ichida bo’lgan hissiyotlarni u zotlar barokatidan masjiddagi muhit va sakiynat qanday bo’lganini tushuntirib berishga hozircha ojizlik qilaman.
Lekin bir savol:
Agar ko’zimiz ko’rgan shu insonlar diydoridan shunchalik hursand bo’lgan bo’lsak, Muborak Payg’ambarimiz sarvari koinot Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni ko’rishlik bo’libhamki jannatda yo havzi kavsar oldida ko’rishlik naqdar baht ekan-a ? O’ylab ko’rishni o’zi ham ajoyib his beradi. Alloh hammamizga nasib qilsin 🤲🏻
Alloh bizni va zurriyotlarimizni ham shu insonlar darajasiga yetkazsin, ular bilan yelkama yelka turib ummatga xizmat qiladigan va shu orqali o’zining roziligi va jamoliga yetishadiganlardan qilsin barchamizni Allohumma amiyn 🤲🏻
16.03.2024
#alhamdulillah #ramazon