Translation is not possible.

Allohimning azobi qattiq, menga Qur‘on o‘rgating Ona,

Bekor ketar shuncha vaqtingiz "instagram"ni to‘xtating Ona.

Buxoriyga o‘xshasam deyman, menga hadis yodlating Ona,

"Qiyomat"dan juda qo‘rqaman menga namoz o‘rgating Ona.

Keling birga sura yodlaymiz, siz g‘iybatni to‘xtating Ona.

Rasulimga ergashgim kelar, shahodatni o‘rgating Ona.

Tarixga bir boqing onalar, farzandlari uchun parvona.

Siz-chi mendan hol so‘ramaysiz, shu matoxni* qo‘ying siz Ona.

*Shu matox deya telefonga ishora qilindi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group