Translation is not possible.

Uzoqlarga uchar turnalar,

qaytmaslikka ont ichib go'yo,

ich-ichimni nedir tirnalar,

ortga bir bor boqmasa qiyo.

Tanim sovib, terlar peshonam,

bu sitamlar qachon ketarkan,

tinmay bo'g'ar keng, yorug' xonam,

bu zulmatlar qachon tugarkan.

Olislardan ko'rinar bir nur,

farovonlik shamoli esar.

Kishanlarni uzgin ey, sen hur,

dil hurlikning ta'mini sezar.

Birovlardan kutma ozodlik,

avval o'zing bo'lib olgin hur.

Shior bo'lsin sen uchun poklik,

qabrgacha shu o'rningda tur!!!

@ Ibn Feruz ( Xusanov Ashurbek)

14.03.2024.

Send as a message
Share on my page
Share in the group