Translation is not possible.

#bir_oyat_fursati

ذَلِكَ الْكِتَابُ لاَ رَيْبَ فِيهِ هُدًى لِّلْمُتَّقِينَ۝

2 - 2. «Ushbu Kitobda hech shubha yo‘q, u taqvodorlarga hidoyatdir».

Ya’ni «Qur’oni karim shunday Kitobki, uning haqligiga hech shak-shubha yo‘q. Unda hamma narsa ochiq-oydin, aniq-ravshandir».

Qur’oni karimning yana bir sifati shuki, u «taqvodorlarga hidoyatdir». Hidoyat maqsadga erishtiruvchi yo‘lni lutf bilan ko‘rsatishdir. Taqvodorlar esa uqubatga eltuvchi narsalardan saqlanadigan shaxslardir. Demak, Qur’oni karim hidoyatidan bahramand bo‘lish uchun taqvodor bo‘lish kerak ekan. Kimki Qur’oni karimdan hidoyat olibdimi, demak unda taqvo bor ekan.

(Baqara, 2-oyat) | Manba: islom.uz

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

Send as a message
Share on my page
Share in the group