#Qurʼonni_anglash
يَخْرُجُ مِن بُطُونِهَا شَرَابٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاءٌ لِّلنَّاسِ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ.
Alloh taolo Nahl surasining 69-oyatida:
"Ular(asalarilar)ning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat-belgi bor", deya marhamat qiladi.
Ushbu oyati karimada Alloh taolo "qorin" (بطن) kalimasini birlikda emas, ko'plik shaklda, ya'ni "qorinlari" (بطون) deb keltiradi. Yanayam aniqroq qilib aytsak, "Asalarilarning qornidan" emas, "Asalarilarning qorinlaridan", deydi. Nega?
Mufassirlar ushbu savolga javobi izlash natijasida quyidagi xulosaga kelishgan va bu xulosalarni zamonaviy ilm-fan ham tasdiqlagan.
Ma'lum bo'lishicha, asalarining uchta qorni bo'ladi. Asalari gul nektarini oladi, nektar birinchi qoringa tushadi. Biroz muddat o'tgandan keyin esa birinchi qorinning naychalari ochilib, suyuqlik ikkinchi qoringa o'tadi. Ikkinchi qorinda esa nektar asalga aylanadi. Ikkinchi qorinchada ham naychalar bo'lib, ular deyarli ochilmaydi. Sababi uchinchi qorinda arining ovqat hazm qiluvchi a'zolari, ichaklari bo'lib, asal uchinchi qoringa faqat zarurat paytida — asalari och qolsagina ochiladi.
Asalari uyasiga qaytganda esa ikkinchi qorindagi asal uning og'zidan chiqadi, uchinchi qorindan emas. Ya'ni hazm qilish azolariga aralashmagan holda.
Alloh taoloning qudratiga qarang! Nihoyatda kichik, turli mikroskoplar orqaligina ko'rishimiz mumkin bo'lgan mitti jonzodda bir emas, uchta qorin yaratib qo'ygan.
Subhanalloh...