9 month Translate
Translation is not possible.

Muallim tolibi ilmning fahmi va aqli miqdoriga nazar solsin. Unga fahmi yetmaydigan va aqli ihota qila olmaydigan narsalarni taʼlim bermaslik kerak.

Imom Buxoriy "Bir qavmni bir ilmga xos qilib, boshqalarga fahmlay olmasliklari uchun aytmagan kishi haqidagi bob"da Ali roziyallohu anhuning ilm haqidagi quyidagi soʻzlarini keltirgan:

"Odamlarga oʻzlari anglaydigan narsani gapiringlar. Yoki Allohni va Uning Rasulining yolgʻonchiga chiqarilishini istaysizlarmi?!"

Imom Muslim "Sahih"ida Abdulloh ibn Muborak ibn Mas'ud roziyallohu anhuning quyidagi gaplarini keltirgan:

"Bir qavmga ularning aqllari yetmaydigan gapni zinhor gapirmagin. Chunki baʼzilari uchun fitnaga aylanib qolishi mumkin".

Ruhiy tarbiya, 1-juz.

Send as a message
Share on my page
Share in the group