Biz ro'zani shavq va zavq ila tutyapmiz, lekin ro'zaning ma'nosi nima, bilamizmi?
Ro'za yemoq-ichmoqdan hamda shahvoniy qondirishdan xohishlarni saqlanishdir. Ushbu uch narsadan saqlanish ro'zaning shartidir. E'tibor qiladigan bo'lsak, aslida, ushbu uch narsa halol. Yeb-ichish halol, joiz yo'l ila er-xotin nafsoniy xohishlarini qondirishlari ham halol. Ammo ro'za paytida ushbu halol narsalardan saqlanyapmiz. Lekin oldindan doimiy harom bo'lgan narsalardan, masalan, yolg'on gapirishdan, g'iybat qilishdan, badnazarlikdan saqlanmayapmiz, bu harom amallarning hammasini qilyapmiz. Bu endi qanday ro'za bo'ldi?!
Bilingki, ro'zaning eng muhim talablaridan biri, gunohlardan ham saqlanishdir.