Translation is not possible.

ENDI MEN MISRGA KETMASAM BOʻLMAYDI...

Bismillah bilan boshlayman soʻzim

Islomsiz boʻlgani uchun ham tizim

Aytishga qolmadi biror bir soʻzim

Allohni oldida borishga qolmadi yuzim

Endi men Misrga ketmasam boʻlmaydi,

Shuncha yil behuda oʻtibti umrim

Yuzimda qalbimda qolmadi nurim

Hattoki malomat qiladi jannatda hurim

Harom isini sezmay ham qolipdi burnim

Endi Misrga ketmasam boʻlmaydi,

Atrofga boqdim dunyo ogʻushida har kim

Qayerga ketayotganini bilolmas hech kim

Shayton harkimni boshqarayotgandek balkim

Shu onda xohladim Misrga ketgim

Endi men Misrga ketmasam boʻlmaydi,

Imomlarni oldiga bordim ilm olishga

Ular deyishdiki ruxsat yoʻq ilm berishga

Shunda bilolmay qoldim qayga borishga

Qaysi joy maʼquldir haqni topishga

Endi men Misrga ketmasam boʻlmaydi,

Endi men Misrga ketmasam boʻlmaydi

Bu holatimda yashab boʻlmaydi

Dunyo tashvishlari xechcham oʻlmaydi

Gar ilm olmasam qalbim koʻnmaydi

Endi men Misrga ketmasam boʻlmaydi,

Ilmsiz boʻlib qolishdan koʻpchilik qoʻrqmaydi

Yoki buni zararin ular bilmaydi

Orzu havaslarga koʻzlar toʻymaydi

Bu holda qalbga ilm xechcham oʻtmaydi

Endi men Misrga ketmasam boʻlmaydi.

Muallif: Al azhar kanalini agasi Umar.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Kanalga ulanish uchun

Telegram kanal/ @Ojiziiy

Send as a message
Share on my page
Share in the group