Translation is not possible.

#azhar_haqida #azharga_topshirish #1_son

• Azharga topshirmoqchiman. U yerga topshirishda yosh chegarasi bormi?

• Azharga topshirishda yosh va jins chegarlanmagan. Barcha yoshdagi erkak/ayol topshirishi mumkin.

• Azhar universitetiga kirish uchun Arab tilini bilish shartmi?

• Shart emas. Kirib olgandan so'ng o'zida o'rgansangiz ham bo'ladi.

• Azharga qabul qaysi paytda bo'ladi?

• Qabul yilning barcha paytida ochiq bo'ladi, xohlagan paytingizda topshirishingiz mumkin.

• Azhar universitetiga imtihon qaysi fanlardan bo'ladi?

• Ahzar universitetining bakalavr (kulliya) bosqichiga tashqaridan keladigan o'quvchilar to'g'ridam to'g'ri kira olmaydi. Avval, Azharning o'z tizimidagi bosqichlarni bitirib, so'ng kulliya (bakalavr)ga kirishi mumkin bo'ladi. Shunda talaba birinchi bosqichga hujjat topshiradi va imtihonga boradi. U imtihonga kirish uchun nimanidir bilishingiz shart emas. Imtihon orqali sizning arab tili darjangiz bilib olinadi va arab tili bosqichining qaysidir darajasida o'qishni boshlaysiz.

• Azhar universitetining bakalavridan avval qanday bosqichlari bor?

• Bakalavr (kulliya) bosqichidan avval 3 ta bosqich bor. 1-si boshlang'ich bosqich bo'lib, "dirossa xossa" deb nomlanadi. Bu bosqichda faqat arab tili o'rgatiladi. Dirossa xossa bosqichi 6 ta mustava (kurs) dan iborat bo'lib, har birida 2 oydan o'qiladi. Shunda bu bosqichni tamomlash uchun umumiy 1 yil ketadi.

2-si o'rta bosqich bo'lib, "E'dodiya" deb nomlanadi. E'dodiyada o'qish 3 yilni tashkil qiladi. Bunda Arab tili, Fiqh, Tajvid, Usulud din va bir necha dunyoviy ilmlar o'qitiladi.

3-si o'rta maxsus bosqichi bo'lib, "Sanaviya" deb nomlanadi. Sanaviyada ham o'qish 3 yilni tashkil qiladi. Bunda asosan diniy ilmlar o'rgatiladi.

Mana shu 3 ta bosqichni tamomlab bo'lganingizdan so'ng, bakalavrga o'qishga kirishingiz mumkin bo'ladi. Bakalavrda o'qish 4 yildir.

3 la bosqich umumiy olganda 7 yilni tashkil qilsa-da, lekin bular orasida bilimingiz yetadigan bo'lsa kursdan kursga sakrash imkoniyatlari bo'lgani tufayli, 1-2 yil ichida ham bakalavr bosqichigacha yetib olsangiz bo'ladi.

• Azharga qabul qilinish uchun qandaydir hujjat kerak bo'ladimi?

• Albatta, birinchi navbatda O'zbekistondan Diniy qo'mita orqali ruxsatnoma (xitob) olib kelishingiz kerak bo'ladi. Ruxsatnoma qay tartibda olinishini esa religions.uz saytida xorijda diniy ta'lim olish bo'limi orqali bilib olishingiz mumkin. Boshqa hujjatlar esa shu yerga kelganda qilinadi.

💥 Bu postni Azharda o'qish istagida yurgan tanishlaringizga yuborib qo'ying.

Telegram kanal @ojiziiy

Mısrnıng Al-Azhari sharif Unıversıtetı haqida maʼlumot söraşıbdı İnşa Alloh ertaga Al-Azhari sharif Unıversıtetıga qanday va qayerdan hujjat topşirişlar haqida maʼlumot joylaymız.

Batafsil maʼlumot uchun Telegram kanalga obuna boʻling

Telegram kanal @Ojiziiy

Send as a message
Share on my page
Share in the group