Hissiy yetuk inson arazlamaydi. Ichidagi dardlarni sokin va aniq uslubda soʻzlar orqali ifodalaydi.
Bunday inson oʻzidan va boshqalardan mukammalikni kutmaydi. Yetarlicha yaxshi boʻlish kifoya unga.
Undagi oʻziga boʻlgan ishonch oʻzini boshqalardan zoʻr deb hisoblashdan emas balki boshqalar ham oʻziga oʻxshagan ojiz va noqis bandalar ekanini anglashdan kelib chiqadi.
U kamdan kam odamlardan hafasalasi pir boʻladi. Palonchini palondaqa oʻylagandim, piston ekan deb goʻdaklarcha nolimaydi. Chunki u odamlar ham xuddi oʻzidek xatokorligini biladi va shuni kutadi. U odamlardagi nuqsonlarni kashf qilib karaxt boʻlib qolmaydi.
(c) Faiziddin Mu‘min