Qumuqta qilghuchi yo'q.

Oʻspirin bolalar bilan qanday muomila qilamiz?!

Bola oʻspirin yoshga yetganida, u uchun yangi tugʻilish davri boshlanadi. Bunday vaqtda bola doim oʻzini haq, boshqalarni «tushunmaydigan inson», deb koʻra boshlaydi.

Oʻspirin yoshdagi bolalarni tarbiya qilishda eng muhim narsa, uning sizga boʻlgan ishonchidir. Agar u sizga ishonsa soʻzingizni ikki qilmaydi va xatosini koʻrsatsangiz tan olib uni toʻgʻirlashga harakat qiladi.

Ularning ishonchini qozonishda, biz quyidagilarga qattiq eʼtibor berishimiz kerak!

1. U bilan muomila qilishda yolgʻon aralashtirmaslik;

2. Unga bergan vaʼdalarimizni ustidan chiqishimiz;

3. Sirlarini oshkor qilmaslik. Bolaning sirlarini – hazil yoʻli bilan boʻlsa ham – oshkor qilsangiz bola sizga boshqa ishonmaydi!

4. «Men senday vaqtimda undoq qilganman-bundoq qilganman», degan soʻzlardan uzoq boʻlish;

5. Xato qilib qoʻyganida – agar tenbeh berish yoki koyish bilan toʻgʻrilab boʻlmasa – unga uzr berish.

GLOBAL HABARLAR - Каналимизга обуна болинг

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group