Translation is not possible.

JIM YOTAR

Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan Ezilib ne davru davron jim yotar. Saydu sayyodlarning vaxshiyligidan Yayrab yurolmaydi - jayron jim yotar!

Haddan oshib ketsang to'kin chog'larda, Olovdek o'rtangay qalbing dog'larda, Hattoki purviqor sokin tog'larda Paymonasin kutib vulqon jim yotar!

Eslab ko'r ne sabab ikki Insonni Haydab chiqardilar, qo'shib shaytonni... Nafs yomon, bir qara, sho'rlik sichqonni Yetaklab bormoqda... qopqon jim yotar!

Ey do'stim, sheriksiz chiqmagil ovga, Ne ham qilolarding bir o'zing yovga. Har inson muxtojdir boshqa birovga, Yoysiz qolsa kor yo'q - kamon jim yotar!

Zakiy ko'zlar uchun yorug'dir kech ham, Haddini bilgaydir, oshmaydi hech ham. Aqlli sayyodlar shoshmaydi hech ham

Haydab chiqardilar, qo'shib shaytonni.... Nafs yomon, bir qara, sho'rlik sichqonni Yetaklab bormoqda... qopqon jim yotar!

Xayrullo, bas, yetar, o'ynading-kulding, Dunyoning eng sirli o'yinin bilding. Shovqin-suron solma, uch kunga kelding, Birovning uyida mehmon jim yotar!

Hayrulla Hamidov

Send as a message
Share on my page
Share in the group