Agar siz chiroyli sabr ila bardavom bo'lsangiz Alloh o'zi sizni yo'lingizni ochib beradi.
Ibrat tariqasida bir o'zimni hayotimda bo'lib o'tgan voqeani bayon etmoqchiman.
8-martni, tug'ilgan kun va shunga o'xshash bayramu-bazmlarni bir necha yildan beri men o'zim uchun yo'q bayram deb bilaman. Biz yashayotgan jamiyatda bu bayramlarni nishonlamasangiz jamiyatda ancha mayda-chuyda gap-so'zlar toshbo'ronida qolasiz. Yuqorida aytganimdek, boshida juda ko'p ta'na-dashnomlarga duch kelganman. Meni xatto vahobiy, mulla bo'lib ketgan deb ko'p gaplar qilishgan. O'sha paytlarda ba'zi insonlar ota-onamni xavotirga ham solishgan. Alhamdulillah barchasini Allohning bergan go'zal sabri ila yengib o'tganman.
Bunga sabablar:👇👇👇
Tushunib yetib bu mayda-chuydalarga e'tibor bermasdan oldimga katta-katta maqsadlar qo'ydim va dunyoviy va diniy jihatdan o'sishga harakat qildim.Eng qizig'i DUNYOVIY ba'zi muvaffaqiyatlarimdan keyin insonlarning menga nisbatan salbiy qarashlari o'zgardi. Men uchun eng muhimi mening oilam meni tushunishni boshlashdi. Asta-sekinlik bilan ota-onamga bilganlarimni tushuntira boshladim va ular ham behudaga xavotir olishayotganini farzandi InshaAllah to'g'ri yo'lda ekanligini tushuna boshlashdi.
Hulosa tariqasida shuni aytmoqchimanki shoshilib qo'ymang. Ularga go'zal tarzda davat eting.Ular sizni tilingiz chiqmaganida tushungan, naxot endi tushunmay qolishdi?