Translation is not possible.

Biz hamma yõllar Rimga eltishini bilamiz lekin Rimga eltuvchi yõllarning har birining baland pastligi õziga xos ekani kõp ham hayolimizga kelmaydi.

Bir maqsadga tomon yõnalganlarning hammasi õz qadryatlari, tanlovlari, qat'iyat, xato-yu, pushaymonlari, qarshilaridan chiqqan muammoga bergan yechimlari bilan takrorlanmas yõllardan borishadi. Bunda atrofdagi muhit, yaqinlar bilan bõlgan munosabatlar ham katta rõl õynaydi, albatta. Biroq, asosiy tanlov hamisha, faqat, insonning õzida bõladi.

Biri oldiga maqsad qõysa, unga tomon jiddu jahd bilan intilsa va hamma uni qõllab quvvatlasa, nur ustiga nur, lekin aksi bõlsa, davom etish uchun qunt qilolmasa, himmati yetmasa, yoki yaqinlari qarshiligiga uchrasa, bu hol kamida ikki karra kuch talab qiladi.

Undan ham oğirroq hol esa – mutlaq salbiy(kamida) odamlar orasida, zohiran ularga õxshashga majbur bõlib, aslan yaxshilik, ezgulik uchun intilishdir.

Yuqoridagi hollarning hammasida insonning õzi qaror qiladi, tanlaydi. Bir qarashda kimdir majbur qilganday, imkon topolmaganday kõrinishi mumkin, lekin asosiy tanlov hamisha uning õzida bõladi. Shundayki, yõlda hamma kimsa/narsa uni qõllab tursa ham voz kechib yuborishi, yoki hamma qarshiliklar, zulm orasida ham tanlovini saqlab qolishi, qadryatlariga sodiq qola bilishi mumkin. Bu uning õzigagina boğliq.

P. S. Uchinchi toifadagi kimsalarni real hayotda uchratmadim. Atrofimdagilarning kõpi ikkinchi hilga kiradi.

Shams

Send as a message
Share on my page
Share in the group