Translation is not possible.

Xitoy: Iqtisodiy qudratni siyosatiga jo qilgan davlat (3-qism, Iqtisodiy ta'sir: Yevroosiyo)

• Yevropa

2020-yilda Xitoy AQShning Yevropa Ittifoqining eng katta savdo hamkori maqomini tortib oldi va rasman Amerika boshchilik qiladigan jamoaning deyarli hamma a’zolarini o‘ziga iqtisodiy tob’e qilib qo‘ydi. Xitoyning mana shu kundan-kunga oshib borayotgan iqtisodiy salohiyatiga qarama-qarshi ravishda esa Qoʻshma Shtatlar hozirda qisman iqtisodiy krizisni boshidan oʻtkazmoqda. Bu yil AQShning davlat qarzi 31 trln dollardan oshib, YaIMning 125% qismidan koʻprogʻini tashkil qildi va bu vaziyat koʻplab nashrlarda hukumat mamlakatda defolt holat e’lon qilishi mumkinligini bashorat qilishlariga olib keldi. Xususan, Amerikaning mashhur “The New-York Times” jurnalida “AQSh iyun oyi boshida defoltning “yuqori xavfi”ga duch keladi” nomli maqolada shu haqida so‘z yuritilgan. Bu esa Yevropaning okean ortidagi yo‘lboshchisiga nisbatan “iqtisodiy ishonchi” pasayishi mumkinligidan dalolat beradi.

• Osiyo

AQSh dunyoda gegemon sifatida deyarli har bir mintaqada o‘zining kuchli ta’sirga ega bo‘lgan ittifoqchilarga ega. Davlat bu ittifoqchilarini o‘sha mintaqada rivojlanishi, kuchayishi va iqtisodiyotini o‘sishiga yordam berish orqali ularni o‘z yonida ushlab turadi yoki turar edi. Chunki Xitoy Qo‘shma Shtatlarni u bilan bo'lishi kutilayotgan urushda yolg‘iz qoldirish uchun AQShning hamma eng qalin ittifoqchilarini o‘ziga iqtisodiy tob’e qilish bilan yoki eng kamida Xitoy bilan urushadigan bo‘lsa juda katta iqtisodiy talofat ko'radigan holatga tushirish bilan shug‘ullanyapti. Masalan, Xitoy AQSHning Osiyodagi eng yaqin ittifoqchilari boʻlmish Yaponiyaning 2-eng yaqin va Janubiy Koreyaning eng katta iqtisodiy hamkoriga aylanib oldi. Osiyodagi deyarli barcha kuch markazlari hozirda iqtisodiy jihatdan Xitoyga juda katta bog‘langan. Dunyoda eng ko‘p sanksiyaga uchragan Eron, Rossiya, yoki KXDR kabi davlatlarning iqtisodiyoti salkam to‘liq Xitoyga qaramlanib qolgani va ularga ta’sir o‘tkaza oladigan yagona davlat XXR ekanligi esa uning darajasini yanada oshirdi.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group